Joze Mourinyu “Arsenal“ hujumchisini “Fenerbaxche“ga o'tishga ko'ndirdi

Khoja
13 iyul 2025, 10:20
“Arsenal“ hujumchisi Leandro Trossard faoliyatini Turkiyada davom ettiradi.

Hujumchi “Fenerbaxche“ga o'tishga rozilik berdi. 30 yoshli futbolchi jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyu bilan suhbatdan so'ng ushbu qarorga kelgan.

Turkiya klubi hujumchining transferiga taxminan 20 million evro to'laydi. Belgiyalik futbolchining o'zi bilan esa uch yillik shartnoma tuziladi.

Ma'lumot uchun, Trossard “Arsenal“da 2023 yilning yanvaridan beri harakat qilib keladi. U o'tgan mavsum 56 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 10 tadan gol va golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com