Joze Mourinyo "Real" yoki "Barselona" futbolchilaridan birini sotib olmoqchi

Aslanov Jasurbek
31 mar 2018, 17:12
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoaning himoya chizig'idan ko'ngli to'lmayapti.

Portugaliyalik mutaxassis "Real" himoyachisi Rafael Varan va "Barselona" futbolchisi Samuel Yumtitiga qiziqish bildirmoqda. Mourinyo yozgi transfer oynasida ushbu ikki fransiyalikning birini xarid qilishga urinib ko'radi.

Varan jamoasini o'zgartirmoqchi emas, Yumtiti esa MYUga o'tmaslik uchun "Barselona"dan 9 mln. evrolik maosh talab qilmoqda, biroq kataloniyaliklar bunday mablag' taklif qilish niyatida emas.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Star