

"Albatta, biz barcha sovrinlar uchun kurashamiz. Lekin, biz ikki yildan so'ng buning uchun eng yaxshi qurollangan holatda bo'lamiz. O'ylashimcha, aynan o'shanda biz barcha sovrinlar uchun haqiqiy da'vogarga aylanamiz. Bu, biz intilishimiz kerak bo'lgan narsa", - dedi Mourinyo.
MYU joriy mavsum Chempionlar ligasi, Angliya Premer-ligasi va Angliya kubogi uchun kurashni davom ettirmoqda. Mourinyo klubga kelganidan keyin Yevropa ligasi, Angliya kubogi va Angliya Superkubogini yutishga ulgurdi.




