Joze Mourinyo: “Ibragimovich 40 yoshigacha futbol o'ynashi mumkin”

Aslanov Jasurbek
26 fev 2017, 00:47
“Manchester Yunayted” ustozi Joz Mourinyo Zlatan Ibragimovichning haqida to'xtaldi.

“O'ylashimcha, hozir u mening qo'l ostimda “Inter”da to'p tepgandan ham yaxshiroq o'yin ko'rsatmoqda. U o'yinni ancha yaxshi his qila olayapti. Zlatan nafaqat hujumni ajoyib tarzda yakunlaydi, balki uni tashkil etishni ham biladi.

U haqiqiy yetakchi va yosh futbolchilar bilan qanday muomala qilish lozimligini biladi. O'ylaymanki, u 40 yoshigacha futbol o'ynashi mumkin. Gap faqat uning jismoniy holati haqida emas.

Qachondir Zlatan futbolchilik faoliyatini yakunlaydigan bo'lsa, futbol olami buni to'g'ri tushunadi. Ayni paytda u amalga oshirayotgan ish shunchaki g'aroyib. Ammo vaqti kelib u butsalarini mixga ilishi kerakligini tushunib etadi”, deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN