Yossi Benayun Isroil futbol federatsiyasini boshqarishni istamadi

Tolibjon Qosimov
18 sen 2013, 17:46
Isroil terma jamoasi sardori Yossi Benayun Isroil futbol federeaciyasi prezidentligi saylovida qatnashishdan bosh tortdi.

33-yoshli yarim himoyachi yaqin uch yil ichida futboldagi faoliyatini yakunlamasligini aytib o'tdi.

- Fikrimcha federatsiyaning amaldagi prezidenti Avi Luzon bizning futbol uchun juda foydali inson. Umuman olganda hali yana uch yilcha maydonda to'p surish niyatim bor, - deya ta'kidladi Benayun.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru