Jorjinyu Neapolni sog'inganini aytdi: futbolchi Italiyaga qaytadimi?

Omonjon To`xtamirzayev
27 mar 2021, 15:59
"Chelsi" yariim himoyachisi Jorjinyu sobiq jamoasi "Napoli" sharafini himoya qiluvchi Neapol shahrini sog'ingani haqida aytib o'tdi.

"Neapolni qanchalik sog'inganimni so'z bilan ifodalab, tushuntirib berolmayman! Kim bu shaharni sog'inmasligi mumkin? Londonda juda sovuq, men hatto qachon quyosh chiqishini ham bilmayman. Muntazam ravishda "Napoli" o'yinlarini kuzatib boraman, jamoaga muxlislik qilaman. Umid qilamanki, ular YCHL yo'llanmasini qo'lga kirita olishadi. Jamoa bunga qodirligiga ishonaman", - deya Jorjinyu so'zlarini keltiradi Football Italia.

Eslatib o'tamiz, Jorjinyu 2014 yil yanvaridan to 2018 yil iyul oyiga qadar "Napoli" sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia