

Klub futbolchiga bir yillik shartnoma taklif qilishga rozi. Vaqtinchalik jamoa a'zosi sifatida MYU bilan o'quv yig'in mashg'ulotlariga yo'l olgan Evansning harakatlari “Qizil iblislar” bosh murabbiyi Erik ten Hag yoqib qolgan. Shundan so'ng murabbiy 35 yoshli himoyachini jamoada olib qolishga qaror qilgan.
Ma'lumot uchun, Evans MYU tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.Evans faoliyati davomida "qizil iblislar" tarkibida 2006-2015 yillar davomida 198 o'yinda qatnashgan.


