Jon Terri: “Barselona” muxlisiman. Bu klubni sevaman”

Eldor Akmurzayev
11 iyul 2022
“Chelsi” va Angliya TJ sobiq a'zosi Jon Terri ijtimoiy tarmoqda muxlislarni bir qator savollariga javob qaytardi.

“Sir emaski, “Barselona”ga muxlislik qilaman. “Barselona”ni sevaman”, degan Terri.

Shuningdek, u “Barselona”ning uy stadioni “Kamp Nou”ni “Stemford Brij” va “Uembli”dan keyin uchinchi eng sevimli o'yingohi deb atadi.

Terridan qaysi murabbiylar qo'l ostida o'ynashni xohlagani so'ralganida, u Pep Gvardiola va Ser Aleks Fergyuson deya javob qaytardi.

Sobiq himoyachi o'ziga qarshi to'qnash kelgan eng zo'r futbolchilar sifatida Lionel Messi va Ronaldinyoni ko'rishini aytib, “Barselona”ni faoliyatidagi eng kuchli raqib deya tan olgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru