Joan Laporta: "Sardorlar maoshlarini pasaytirib, barselonachasiga ish tutishdi. Ulardan boshqa hech kim buni qilmadi"

Alisher
12 iyun 2022, 13:58
"Barselona" prezidenti jamoa sardorlari maoshlarini pasaytirganini ma'lum qildi.

"Barselona"da to'rt nafar sardor bor. Bular himoyachilar Jerar Pike va Jordi Alba, shuningdek yarim himoyachilar Serji Buskets va Serji Roberto.

"Sardorlar maoshlarini pasaytirgan holda barselonachasiga ish tutishdi. Biz ulardan doim minnatdormiz. 

Bu harakat juda muhim edi. Sardorlardan boshqa hech kim buni qilmadi", – deydi Joan Laporta.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca