Jo Koul: “Azar Ronaldudek bo'lganida barcha sovrinlarni yutardi. Ammo muz to'ldirilgan vanna u uchun emas”

Eldor Akmurzayev
23 fev 2022, 08:20
“Chelsi” sobiq a'zosi Jo Koul “Real” vingeri Eden Azar haqida fikr bildiri.

“Azar jahonning eng yaxshi futbolchisi bo'lishi kerak edi. “Oltin to'p” Luka Modrichga nasib etgan davrda Azar uni qo'lga kiritsa bo'lardi. Biroq, u menga shu etadi va bundan baxtiyorman deb yashaydi.

Eden qoyilmaqom tasvirchi. Men o'ynagan futbolchilar ichida eng yaxshisi. Unda Messi va Ronaduniki kabi fikrlash yo'q va bu normal holat.

U “Lill” va “Chelsi”da o'tgan yillari davomida muxlislarga xursandchilik taqdim etdi va ko'plab titullarni qo'lga kiritdi, bundan faxrlansa arziydi. Bularning barchasiga yuzida tabassum, futboldan zavq olgan holda erishdi.

“Real”dagi faoliyati ko'ngildagidek o'tmayotganini tushunaman, ammo bu yerda afsuslanadigan hech narsa yo'q. U Ronaldu kabi yashashi mumkin edi: tungi birda muzli vannalar qabul qilish va shu turdagi narsalar. Bu Azarga to'g'ri kelmaydi.

Agar shunday faoliyat olib borganida, u barcha individual sovrinlarni o'ziniki qilardi. Ammo Edenning o'z yo'li bor. U oilasiga g'amxo'r inson. Sportdagi shon-shuhrat va maydon tashqarisidagi hayot o'rtasida balans bo'lishi lozim”, deydi Koul.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal