JLA bosh kotibi futbol klublari rahbarlari bilan uchrashadi

Aslanov Jasurbek
11 iyun 2025, 17:49
Ayni vaqtda Jahon ligalari assotsiatsiyasining Ligalarni rivojlantirish bo'yicha vakili Stanislav Shtipkov Toshkentda bo'lib turibdi.

O'tgan uch kun davomida mutaxassis O'zPFL faoliyatini o'rganib, uning har bir bo'limi xodimlari bilan alohida suhbat o'tkazmoqda. 


Ertaga - 12-iyun kuni tongda JLA bosh kotibi Jerom Perlemuter poytaxtimizga yetib keladi. Tashrif doirasida Perlemuter O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov bilan uchrashadi. Shuningdek, 13-iyun kuni 16:30 da Wyndham mehmonxonasida O'zPFL musobaqalarida ishtirok etuvchi professional futbol klublari rahbariyati ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tadi. Unda OAV vakillarining ham bo'lishi ko'zda tutilgan.


14-iyun kuni Jerom Perlemuter, Stanislav Shtipkov, shuningdek, Chexiya hamda O'zbekiston Professional futbol ligalari rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani o'tkaziladi. Anjumanda mamlakatimiz Superligasi, uni rivojlantirish yo'lida O'zPFL ishtiroki, jahonning futboli rivojlangan mamlakatlari Ligalari faoliyati va boshqa ko'plab masalalarda jurnalistlar bilan suhbat tashkil etiladi. Matbuot anjumani 11:00 da Bunyodkor stadionida bo'lib o'tadi. 


Shu kuni 20:00 da mehmonlar Superliga 12-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Paxtakor" bellashuvini stadiondan kuzatadi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pfl.uz