Jizzax viloyati akademiyasida “English For Football” o'quv-dasturi bo'yicha seminar bo'lib o'tdi

Narzulla Saydullayev
14 may 2019, 08:25
O'FA tomonidan hududiy bolalar va o'smirlar futbol akademiyalari faoliyatini to'g'ri yo'lga qo'yish, akademiya bitiruvchilarining kelajakda etuk futbolchi bo'lib yetishishlarini taminlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Jizzax viloyati bolalar-o'smirlar futbol akademiyasida “English For Football” o'quv-dasturi bo'yicha seminar o'tkazildi. Seminarni akademiya direktori Husan Komilov ochib berdi. Shundan so'ng ingliz tili bo'yicha mutaxassis Sadulla Muzaffarov “English For Football” o'quv-dasturi taqdimotini o'tkazdi.

Taqdimot davomida ingliz tili bo'lajak futbolchilar uchun xorijiy mamlakatlarda malaka oshirish va tajriba almashish uchun muloqot o'rnatish, matbuot anjumanlarida qatnashish, xorij OAV xodimlariga intervyu berish jarayonlarida qay darajada muhim ekanligi tushuntirildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz