Jiru "Milan"ga Pulishichni taklif etishni tavsiya qildi

Alisher
7 may 2023, 13:47
"Milan" forvardi Olive Jiru jamoaga "Chelsi" vingeri Kristian Pulishichni taklif qilish kerak deb hisoblaydi.

"Bu yaxshi g'oya deb o'ylayman. Pulishich Yevropada yaxshi obro'ga ega. Bu iqtidorli va mehnatkash futbolchi. U bilan o'ynaganlarimni eslayman, u nafaqat mehnat qilishga, balki bizni xursand qilish va kuldirishga ham vaqt topardi. Maydonda ham bir-birimizni muvaffaqiyatli tarzda topardik", - deydi Pulishich.

24 yoshli futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: pianetamilan.it