"Jirona"da kadrlar muammosi yuzaga kelishi mumkin

Narzulla Saydullayev
27 dek 2023, 21:37
Ispaniyaning "Jirona" klubi 2024/25 yilgi mavsum Chempionlar ligasiga ehtimoliy chiqishi sabab kadrlar maummosiga uchrashi mumkin.

UEFA bitta turnirda o'ynaydigan va umumiy bitta xo'jayinga ega klublar o'rtasidagi transferlarni taqiqlaydi. "Jirona" Chempionlar ligasiga chiqsa u City Football Group'ning yana bir jamoasi bo'lmish "Manchester Siti" bilan bitta turnirdan joy oladi. Kataloniya klubi tarkibida esa "shaharliklar"dan ijaraga olingan himoyachi Yan Kouto o'ynaydi.

Shunday ekan, "Jirona" tarkibini faqatgina transfer orqaligina kuchaytirishi mumkin, ammo Kataloniya klubida bu uchun mablag' yo'q.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Diario AS