"Jirona" murabbiyi "Real"ni mag'lub etib, nimalar dedi?

Aslanov Jasurbek
30 okt 2017
"Jirona" bosh murabbiyi Pablo Machin LaLiganing 10-turida "Real" ustidan qozongan g'alabasi (2:1) haqida fikr bildirdi.

"Real"ni mag'lubiyatga uchratganimiz xotiramizda qoladi. LaLiganing yangi jamoalari 30 yildan beri "Real"ni taslim etmagan ekan. G'alabamiz adolatli bo'ldi deb o'ylayman. Tanaffusda o'z futbolchilarimga shunday o'ynashda davom etsak "Qirollik klubi"ni mag'lubiyatga uchratishimiz mumkinligini aytdim. Jamoamiz Chempionlar ligasi g'olibini tiz cho'ktirdi" - deydi Machin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca