

"The Guardian" xabariga ko'ra, agarda jamoaning natijalari juda yomon, proval holatga kelib qolmasa, murabbiy iste'foga chiqarilmaydi. Ayni damda Jim Retkliff hamda Deyv Breylsford transferlar siyosatini to'liqligicha qo'liga olgan. Ular avvaliga o'zgarishlarni nazorat qilishlari kerak. Shundan keyin ular bosh murabbiyga vazifa yuklaydi.
Jim eng avvalo o'zi sarmoya kiritadigan futbolchilar, murabbiylar shtabi, ishchi-xodimlarni sinovdan o'tkazadi. Ular Angliya chempionligi yo'liga qaytish, Yevropada top-jamoa bo'lish ambiciyalarini tushuntirib, birga ishlay olishi mumkinligini ko'rib chiqadi.
Juda katta taxlillardan keyingina ten Xagning kelajagi borasida qaror qabul qilinadi.
Oldinroq ten Xag hamda Retkliff o'zaro uchrashgani borasida ma'lumotlar tarqagandi. Murabbiyning o'zi bunga ijobiy javob bergandi: "Barcha savollarda bir xil fikrladik. Menimcha, ishlashda davom etaman".
Ayni damda "Yunayted" APL turnir jadvalida 31 ochko to'plagan holda 8-o'rinni egallab turibdi. Jamoa YCHL va Angliya Liga Kubogidan chiqib kyetib bo'ldi.



