Jikiya: "O'zbekiston bilan 0:0 ham yaxshi natija"

Sherzod Nurmatov
21 noya 2022
Rossiya terma jamoasi himoyachisi Georgiy Jikiya O'zbekiston bilan o'rtoqlik uchrashuvidan (0:0) so'ng fikr bildirdi.

"G'alaba qozonib, muxlislarni xursand qilishni istaganimiz aniq. Lekin 0:0 ham yaxshi natija. Mehmonda o'ynadik. Keling, hammasiga ijobiy qaraylik.

Muxlislar tanqidi? Bu birinchi marta emas, hamma bunga tayyor edi.

Jamoada qayta qurish, yangi odamlar, debyutantlar bor deb aytib o'tirmayman. Bu faqat bizga taalluqli. Buni engamiz va o'yindan o'yinga kuchayib boramiz. Tezroq bir-birimizga ko'nikishimiz lozim", – dedi Rossiya terma jamoasi va "Spartak" himoyachisi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: FootballHD