Jiji Yevropa chempionlar ligasida zafar quchmoqchi

"Yuventus" jamoasi sardori va darvozaboni Janluiji Buffon YCHL bosh sovrinini qo'lga kiritish uchun hali yana ikki yil kurash olib borishini ma'lum qildi.


"Shaxsiy sovrinlarni qo'lga kiritish vaqtida o'tganman. Endilikda men uchun jamoaviy yutuqlar muhim. Yevropa chempionlar ligasidagi chempionlik uchun hali yana kamida ikki mavsum kurash olib boraman. Buning uchun imkoniyatim etarli. Faoliyatimni tugatish oldidan YCHL bosh sovriniga ega chiqish uchun bor kuchimni sarflayman. Kelajakda o'zimni murabbiy emas, boshqaruvchi sifatida tasavvur qilyapman. Futbolda 20 yildan buyon faoliyat ko'rsataman. Shu bois o'zimni ko'proq ushbu rolda ko'ryapman", - deydi Buffon.


Manba: Football-Italia