Jezus "Brentford"ga urgan golini Vinisius uslubida nishonladi

Оқил Абдубарноев
18 sen 2022, 23:11
"Arsenal" hujumchisi Gabriel Jezus "Brentford"ga urgan golini "Real" vingeri Vinisius Junior uslubida nishonladi.

Avvalroq Vinisius gol nishonlash uslubi uchun irqchilikka uchragandi. "Kanonirlar" forvardi ko'pchilik qatorida yurtdoshini qo'llab-quvvatladi hamda navbatdagi golini aynan uning uslubida nishonladi.

Shuningdek, "to'pchilar" a'zosi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida "Raqsga tush, Vini" deya post qoldirdi.

"Irqchi, senga takrorlayman: "Men raqsni to'xtatmayman". Vinisiusning "maydonda maymunlik qilishni to'xtatish" iborasiga javobi (mutolaa uchun)

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Talksport