Jeymi Vardi: Ranerining kyetishida men aybdor emasman

Narzulla Saydullayev
26 fev 2017
Lester hujumchisi Jeymi Vardi jamoa a'zolari Klaudio Ranerini haydash uchun rahbariyat bilan uchrashishganini rad qildi.

Men doim Klaudio Ranerini qattiq hurmat qilaman. Birgalikda erishgan narsamiz shunchaki g'aroyib. Ko'pchilik menga ishonmaganida Klaudio menga ishondi.

Uning ishdan kyetishida mening aybim borligi aytilmoqda, ammo bu yolg'on.

Bunga sabab bitta edi - yomon natijalar, buni hamma tushunib turibdi. Vaziyatni o'nglash uchun borimizni beramiz.

Klaudioga kelajakda faqat omad tilayman. Barchasi uchun katta rahmat, – deb yozadi Vardi instagramdagi sahifasida.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: instagram.com/vardy7