Jeymi Karragerning hayot aqidalari

Narzulla Saydullayev
9 sen 2016, 08:10
Grants kompaniyasi Liverpulning afsonaviy futbolchisi, hozirda TV eksperti va jurnalist Jeymi Karragerga tegishli yorqin citatalarni e'tiboringizga havola etadi.


* Liverpul anchadan beri chempionlikni qo'lga kiritmayapti, u so'nggi bor bu nomga sazovor bo'lganida men Evertonning 12 yoshli fanati edim.

* Liverpul - jahondagi eng yaxshi fanatlarga ega bo'lgan dunyodagi eng yaxshi klubdir.

* Brendan Rodjersni 7 o'yindan keyin ishdan bo'shatish uchun saqlab qolish, transferlarga pul berish? Ha, Liverpul Tottenxemga aylanmoqda!

* Liverpulga sardorlik qilish - doimo katta sharaf bo'lib kelgan, ammo men bu ishni finalda amalga oshirganimda, bu hayotimdagi eng yaxshi oqshomlardan biri bo'lgandi.

* MYUdagi Rayan Giggzga qararkanman, menda tashvish uyg'onadi: Liverpul o'z afsonalarini qo'ldan chiqaryapti.

* Agar Liverpul ushbu CHLda muvaffaqiyat qozonsa, hech kim biz Yevropada eng yaxshimiz, demagan bo'lardi. Ammo bizning g'alabamiz nomunosib ekanligini hech kim aytolmasdi.

* Sen kim uchun o'ynagansan?, deb so'rashganida Liverpul uchun deb javob berish qanchalik rohatbaxsh.

* Terri Anri eng murakkab muxoliflardan edi. U Barselonaga ketganida qanchalik xursand bo'lgandim-a!

* Radio bilan uyg'un bo'lib ketganimda va minglab odamlar meni tinglashayotganida gapirish haqida o'ylamang ham.

* Oldingda Chempionlar Ligasida g'alaba qozonish maqsadi turganida, sen buning uchun har qanday yumushga ham tayyor bo'lasan.

* Chelsiga qarshi o'ynaganimizda, ularning darvozasiga qarab doim penalti belgilashlari lozim, ammo berishmaydi. Biroq biz buning uchun yig'lamaymiz.

* Menedjerga emas, o'zingga qarashing kerak!

* Bir kuni Linekerning fikrlarini o'qiy turib, Karrager endi butunlay boshqa, degan so'zlarga ko'zim tushdi va ertasigayoq u adashganini isbotlashga kirishdim.

* Arsenaldan keyin finishga yetib kelish Tottenxem uchun ulkan fojia deb o'ylamayman. Tottenxem sovrin uchun kurashdi, unda chempionatni yutish imkoni ham bo'ldi. Arsenal esa fevral - mart oyining boshlaridan bu kurashdan chiqib ketdi.

* Muhim qarorlarni qabul qilishdan cho'chimayman.

* Angliyada futbolchilar juda yaxshi, ammo  Beyl, Ronaldu, Ezil yoki Paye singari superyulduzlar yo'q.

* Angliya termasining Islandiyaga qarshi o'yinidan ko'ra yomonroq bahsni ko'rmadim.

* Islandiyaga qarshi uchrashuv - xuddi 2014 yildagi Liverpul - Chelsi qarama-qarshiligiga o'xshaydi. Ikkinchi bo'limdagi vahima va to'p bilan ishlashda aql bovar qilmas xatolar.

I.MURODOV tayyorladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Интерфутбол” газетаси