Jesus faoliyatidagi eng og'ir jarohatdan so'ng "Arsenal" tarkibiga qaytishga umid qilmoqda

Sherzod Nurmatov
24 okt 2025, 13:18
So'nggi mish-mishlarga ko'ra, "Arsenal" hujumchi Gabriel Jezusga umid bog'lamayapti va uni qishda sotishga tayyor.

Biroq hujumchining o'zi taslim bo'lmoqchi emas.

Braziliyalik futbolchi tizzasidan olgan jarohati faoliyatidagi eng og'iri bo'lganini aytdi, ammo u tiklanish uchun astoydil harakat qilmoqda va tarkibdagi o'rin uchun kurashishni xohlaydi.

"Arsenal"ga qo'shilganimdan beri qiyin davrlarni boshdan kechirdim, ammo ajoyib damlarni ham o'tkazdim - ko'p o'ynadim, yaxshi formada edim. Gol ura olmaganimda ham, maydonda bo'shliqlar ochib, vaziyatlar yaratardim. Ammo, afsuski, jarohatlarni nazorat qilib bo'lmaydi. Bu mening hayotimdagi eng qayg'uli davr, bu men eng yuqori cho'qqida ekanligimda sodir bo'ldi.

Men yaxshi shug'ullanardim, to'g'ri ovqatlanardim, dam olardim, tiklanardim - va keyin shunaqa voqelik ro'y berdi. Endi tushundim: o'zim haqimda yanada ko'proq qayg'urishim kerak ekan. Men har doim 100 foiz jon kuydirardim, lekin agar ish yukini boshqara olmasam, yana muammoga duch kelishim mumkin", – dedi Jezus londonliklar matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: arsenal.com