Jessi Lingard xizmatlariga APLdan davogar chiqdi

“Chaykalar”ga MYU futbolchisi kerak.

“Brayton” klubi hujum chizig'ini kuchaytirish niyatida. Klub buning uchun MYU vakili Jessi Lingardni o'z safiga qo'shib olishga qarshi emas. Takidlash lozim, avvalroq Lingardning MYU ustozi Ole-Gunnar Sulsher rejalarida yo'qligi ma'lum bo'lgandi. Futbolchi APLning yangi mavsumida manchesterliklar safida bitta ham o'yinda qatnashmadi.

Lingardga “Brayton”dan tashqari “Vest Xem” ham davogar bo'lib turibdi.


Manba: Liverpool Echo