Jerrard: "Salah - dunyoning eng yaxshi o'yinchisi"

Tolibjon Qosimov
25 apr 2018, 12:24
"Liverpul" afsonasi va sobiq sardori Stiven Jerrard mersisaydliklar forvardi Muhammad Salah haqida gapirib o'tdi.

Chempionlar ligasi 1/2 final birinchi uchrashuvida "Roma"ni mag'lub (5:2) etdi. Misrlik uchrashuvda dubl qayd etdi va ikkita golli pas berdi.

"U faoliyatidagi eng yaxshi o'yinni namoyish etmoqda. Uni jahon futboliga anchadan beri bir maromda jilo berib kelayotgan Ronaldu va Messi bilan tenglashtirish qiyin.

Lekin, ayni paytda Salah - dunyoning eng zo'r o'yinchisi. Men bunga umuman shubha qilmayapman", - dedi Jerrard.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/btsportfootball