Jerrard "Reynjers"ni Yevropa ligasi 1/8 finaliga olib chiqdi

"Reyndjers" Yevropa ligasi-2019/20 nimchorak final bosqichining birinchi ishtirokchisiga aylandi.

"Liverpul" afsonasi Stiven Jerrard boshqarayotgan shotland jamoasi 1/16 final bosqichida Portugaliyaning "Braga"sidan ustun keldi (1:0, dastlabki bahs – 3:2).

Shu tariqa, glazgoliklar 2011 yildan beri ilk bor evrokuboklarning 1/8 final bosqichida ishtirok etadigan bo'ldi.

Braga – Reyndjers 0:1 (0:0, 0:1)

26 fevral, 22.00, Munisipal de Braga

Gol:

0:1 – 61 Kent.

Braga – Mateus, Karmu (Abel Ruis, 64), Bruno Viana, Raul Silva (Galeno, 53), Sekeyra, Franserjio, Eshgayyu, Trinkau, Palinya (Novaysh, 46), Rikardu Orta, Paulinyu.

Reyndjers – Makgregor, Barishich, Taverne, Goldson, Edmundson, Djek, Arfild, Xadji (Aribo, 72), Devis, Kent, Kamberi (Odjo, 78).

Ogohlantirishlar:

Karmu (47), Kamberi (73), Eshgayyu (89), Abel Ruis (90).


Manba: championat.asia