Jyerdan Shakiri: "Liverpul" – Yevropada eng yaxshi klub"

4 iyun 2019, 21:20
"Liverpul" yarim himoyachisi Jyerdan Shakiri mersisaydliklar tarkibidagi ishtiroki haqida fikr bildirib o'tdi.

"Men "Liverpul"daman. Bu Yevropada eng yaxshi klub. 

Murabbiyimizda kim o'ynashi bo'yicha ko'plab yaxshi variantlar bor. Bu erga kelganimda asosiy tarkib uchun raqobat yuqori bo'lishini bilgandim. Jamoa bilan uzoq yillik shartnomam bor va shu yerda qolaman. 

Chempionlar ligasini yutganimizdan xursandman va faxrlanaman. O'ylaymanki, musobaqada g'olib bo'lishimiz uchun o'z hissamni qo'sha oldim", - deydi Shakiri.

O'xshash yangiliklar


Manba: goal.com