

"Biz juda uzoq vaqt do'st edik. Barchasi Mourinyu "Real"ga kelgach o'zgardi. Undan so'ng bizning maydondagi to'qnashuvlarimiz (Klasikolarda) o'ta kuchli bosimda o'ta boshladi. Ana o'shandan keyin termadagi muhit ham o'zgardi.
O'ylashimcha, Mourinyu ketgach, biz avvalgidek holatni tiklay oldik. Aynan shu Evro-2012da bizning ishonchli o'yinimiz va termaning g'alabasi kaliti edi", – dedi "Barselona"ning sobiq himoyachisi Jonu Nellisga bergan intervyusida.




