Jerar Pike: "Biz Ramos bilan do'st edik, Mourinyu "Real"ga kelgach, vaziyat keskin o'zgardi"

Omonjon To`xtamirzayev
15 fev 2023, 18:26
Jerar Pike o'z vaqtida Joze Mourinyu uning Serxio Ramos bilan do'stligiga qanday ta’sir o'tkazgani haqida gapirib o'tdi.

"Biz juda uzoq vaqt do'st edik. Barchasi Mourinyu "Real"ga kelgach o'zgardi. Undan so'ng bizning maydondagi to'qnashuvlarimiz (Klasikolarda) o'ta kuchli bosimda o'ta boshladi. Ana o'shandan keyin termadagi muhit ham o'zgardi.

O'ylashimcha, Mourinyu ketgach, biz avvalgidek holatni tiklay oldik. Aynan shu Evro-2012da bizning ishonchli o'yinimiz va termaning g'alabasi kaliti edi", – dedi "Barselona"ning sobiq himoyachisi Jonu Nellisga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru