"Jenoa" va "Atalanta" Miranchukning transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda

Alisher
24 dek 2021, 10:16
"Jenoa" "Atalanta" bilan rossiyalik yarim himoyachi Aleksey Miranchukning transferi borasida muzokaralarga kirishdi.

Klub futbolchini 25 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.

"Jenoa" shuningdek Amin Yunus ("Napoli") va Rikkardo Orsolini ("Bolonya")ga qiziqmoqda.

26 yoshli Miranchuk joriy mavsum italyan klubi tarkibida barcha musobaqalarda 12ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi. Uning shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Repubblica