Jennaro Gattuzo: “Tanaffus vaqtida qattiq g'azablandim”

6 noya 2020, 09:52
“Napoli” ustozi Jennaro Gattuzo Yevropa Ligasi guruh bosqichi 3-turi doirasida “Rieka”ga qarshi bahsdan so'ng (2:1) fikrlari bilan bo'lishdi.

“Oson o'yinlar bo'lmaydi. Raqibning chuqur himoyada o'ynashini bilardim. Dastlabki 30-35 daqiqa ichida ularda juda ko'p narsa o'xshadi. Balki biz bu erga diqqatga sazovor joylarni ko'rgani keldik deb o'ylagandirmiz. Tanaffus vaqtida esa qattiq g'azablandim. Juda ko'p tavakkal qilib yubordik. Tanaffusdan keyin esa biroz yaxshiroq bo'ldi. Biroq o'yin avvalida bunday xatolar qilishga ko'nikish mumkin emas. Bunga yo'l qo'ymasligimiz kerak”, - deydi Gattuzo.

O'xshash yangiliklar


Manba: UEFA