JCH-2026 saralash. Italiya imkoniyatni saqlab qoldi, Fransiya hal qildi, Ronaldu qizil oldi va boshqa natijalar

Mirjalol Normatov
14 noya 2025, 02:42
JCH-2026 saralashining bir qator o'yinlari o'tkazildi.

Unga ko'ra, Krishtianu Ronaldu sardorligidagi Portugaliya bugun JCH-2026 saralashini rasman hal qila olmadi, qo'shimchasiga Ronalduning o'zi qizil kartochka oldi va so'nggi turda Armanistonga qarshi kechadigan bahsni o'tkazib yuboradigan bo'ldi. Shuningdek, Fransiya rasman JCH-2026 final bosqichiga yo'llanma oldi. 

Qiyin g'alabaga erishgan Italiya esa so'nggi turgacha intrigani saqlab qoldi. Agarda Jennaro Gattuzo shogirdlari so'nggi turda Norvegiyani 4 gol farqi bilan mag'lub eta olsa, to'g'ridan-to'g'ri mundialga yo'llanma oladi.










O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia