JCH-2022 yarim finalchisi O'zbekiston bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazmoqchi

Sherzod Nurmatov
11 sen 2025
Marokash futbol federatsiyachi oktyabr oyida O'zbekiston bilan o'rtoqlik o'yini tashkil etish masalasida muzokaralar olib bormoqda.

Qayd etilishicha, Marokash oktyabr oyida JCH saralashi doirasidagi Kongo bilan o'yindan so'ng Tanjyerdagi "Ibn Battuta" stadionida O'zbekiston bilan o'ynashi mumkin.

Hozircha rasmiy kelishuv yo'q, ammo muzokaralar davom etmoqda.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston MTJ 13 oktyabr kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda Urugvay terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida ishtirok etadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Morocco World News