

Yarim finallarda mag'lub bo'lgan Xorvatiya hamda Marokash terma jamoalari 3-o'rin uchun bahs 17-dekabr kuni "Khalifa International" stadionida bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi.
Bosh sovrin uchun kurashadigan Argentina va Fransiya o'rtasidagi hal qiluvchi o'yin 18-dekabr JCHdagi eng katta sig'imga ega "Lusayl" arenasida o'tkaziladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:00da start oladi.




