JCH-2022 saralashi. Ikkinchi bosqichga chiqqan jamoalar ma'lum, faqat...

Narzulla Saydullayev
12 iyun 2019, 08:14
Kecha Osiyo qitsida 2022 yilgi Jahon chempionatining birinchi bosqich javob bahslari bo'lib o'tdi.

Olti o'yinning bittasi bo'lib o'tmadi. Makao FA terma jamoani Shri-Lankaga olib borishni istamadi. Hozircha OFK bu borada rasmiy xabar chiqargani yo'q.

GUAM - Butan 5:0 (birinchi o'yin 0:1)
Bruney - MO'G'ULISTON 2:1 (birinchi o'yin 0:2)
Sharqiy Timor - MALAYZIYA 1:5 (birinchi o'yin 1:7)
BANGLADESH - Laos 0:0 (birinchi o'yin 1:0)
Pokiston - KAMBODJA 1:2 (birinchi o'yin 0:2)
Shri-Lanka - Makao -:- (birinchi o'yin 0:1)



Ikki o'yin natijasiga ko'ra g'olib bo'lgan jamoalar ikkinchi bosqichda ishtirok etishadi. Bu bosqich sentyabr oyida boshlanadi va O'zbekiston terma jamoasi ham unda ishtirok etadi.


Ikkinchi bosqichda 40ta terma jamoa 8ta guruhga bo'linadi. Unda jamoalar uy-safar tizimida o'yinlar o'tkazishadi. Guruh g'oliblari va eng yaxshi ko'rsatkichga ega 4ta ikkinchi o'rin egalari uchinchi bosqichga chiqadi.

17 iyul kuni ikkini bosqichga qur'a tashlanadi. Unda jamoalar quyidagicha savatchalarda bo'lishadi:

1-savatcha: Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni, Xitoy
2-savatcha: Iroq, O'zbekiston, Suriya, Livan, Ummon, Qirg'iziston, Vetnam, Iordaniya
3-savatcha: Falastin, Hindiston, Bahrayn, Tailand, Tojikiston, KXDR, Xitoy Taypei, Filippin
4-savatcha: Turkmaniston, Myanma, Gonkong, Yaman, Afg'oniston, Maldiv orollari, Kuvayt, Malayziya
5-savatcha: Indoneziya, Singapur, Nepal, Bangladesh, Mo'g'uliston, Guam, Kambodja, Shri-Lanka yoki Makao.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia