Makao futbolchilari mamlakat futbol Assotsiatsiyasi bilan kelishga olishmayapti

Narzulla Saydullayev
10 iyun 2019, 15:03
Ertaga JCH-2022ga bora olmaydigan oltita jamoa nomi ma'lum bo'ladi: Osiyoda birinchi bosqichning javob o'yinlari bo'lib o'tadi.

Umuman olganda, bu o'yinlardan biri o'tkazilmasligi mumkin: Makao futbol Assotsiatsiya rahbariyati terma jamoani Shri-Lankaga javob bahsiga yubormoqchi emas.

Dastlab Makao futbol Assotsiatsiyasi yaqinda Kolombo shahridagi teraktlar tufayli Shri-Lanka davlati xavfsizlikni taminlay olmaydi deb hisobladi. Biroq Shri-Lanka futbol federatsiyasi xavfsizlik choralari FIFA va OFK tomonidan tasdiqlanganini ma'lum qildi.

Shundan keyingina Makao tomoni terma jamoani o'zining aybi bilan o'yinga yuborishni istamayotgani ma'lum bo'lib qoldi. Makao FA o'z futbolchilarini vaqtida sug'urtalay olmagan.

Terma jamoa futbolchilari esa sug'urtani o'zlari to'lashga tayyorlar. Agar MFA o'z qarorini bekor qilmasa, 24 nafar futbolchi keyinchalik hech qachon terma jamoada o'ynamoqchi emas.

Eslatib o'tamiz, birinchi o'yinda Makao Shri-Lankani 1:0 hisobida mag'lub etgan va ikkinchi bosqichga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'lib turibdi", - deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia