JCH-2022 saralashi. Eron ishonchli g'alabaga erishdi, Yaponiya Vetnam bilan murosa ko'chasini tanladi

Sherzod Nurmatov
29 mar 2022, 19:08
JCH-2022 saralash bosqichi so'nggi turidan joy olgan 2 ta uchrashuv yakuniga etdi.

Mundial yo'llanmasini naqd qilib bo'lgan Yaponiya "B" guruhi 10-turida Vetnamga qarshi bahs olib bordi. 19-daqiqada mehmonlar vakili Nguen Txan Bin uchrashuvda hisobni ochgan bo'lsa, 55-daqiqada tajribali himoyachi Maya Yoshida muvozanatni tikladi. 

Etiborlisi, mazkur o'yinni Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi.

Uchinchi saralash bosqichi

"B" guruhi. 10-tur

Yaponiya – Vetnam 1:1

"Saytama 2002"

Gollar: Maya Yoshida 55' – Nguen Txan Bin 19'

Navbatdagi o'yinda esa jahon darajasidagi hujumchilar Syerdar Azmun hamda Alirizo Jahonbaxshning gollari eronliklarga ishonchli g'alabani keltirdi.   

"A" guruhi. 10-tur

Eron – Livan 2:0

"Imom Riza" 

Gollar: Syerdar Azmun 35', Alirizo Jahonbaxsh 72'

MUSOBAQA JADVALI

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia