

Qatar termasi ustozi Feliks Sanches Ekvador (0:2) bilan o'yindagi muvaffaqiyatsizlikka izoh berdi.
“Bu o'yinni ma'lum bir tarzda o'tkazdik va raqibimizning o'ziga xos g'oyalari bor edi. Gap hujum qilishni xohlamaganimizda emas. Raqib o'z qurollaridan foydalandi.
Raqobatbardosh bo'lishni istasak, himoyalana olishimiz va juda tartibli o'ynashimiz lozim. To'pga egalik qilganimizda esa samaraliroq harakat qilishimiz kerak”, deydi Sanches.



