

Uchrashuvda dublga erishgan Enner Valensiya ochilish uchrashuvining eng yaxshi futbolchisiga aylandi. Avvaliga, uning 3-daqiqadagi goli ofsayd tufayli hisobga olinmadi. Keyin 16-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi va 1-taymning ikkinchi qismida Anxelo Presiadoning uzatmasini ajoyib tarzda boshi bilan zarba bergan holda golga aylantirdi.
Eslatib o'tamiz, 33 yoshli forvard 77-daqiqada zaxiraga olindi. U “Fenerbahche” sharafini himoya qiladi.



