

Yakuniy turda Qatarni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan Niderlandiya guruhda birinchi o'rin bilan keyingi bosqichga chiqdi. "Uchar gollandlarning" 1/8 finaldagi raqibi "B" guruhida ikkinchi o'rinni olgan terma jamoa bo'ladi.
Guruhdagi ikkinchi yo'llanma esa Senegal termasiga nasib etdi. Senegalliklar Ekvador termasini 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi va keyingi bosqich masalasini ijoyib hal qilishdi. Mundialning yoqimtoy jamoasi Ekvador esa mezbon Qatar bilan birgalikda musobaqani tark etdi.




