JCH-2022. Kechagi bahslarning eng yaxshi futbolchilari

Eldor Akmurzayev
10 dek 2022, 08:15
Kecha, 9 dekabr kuni Qatardagi mundial chorak finalidan o'rin olgan dastlabki ikki bahs bo'lib o'tdi.

Xorvatiya – Braziliya 1:1 (pen – 4:2)

Avvalgi uchrashuvdagi kabi penaltilar seriyasida qahramonga aylangan Dominik Livakovich “man of the match” sovrinini qo'lga kiritdi;

Niderlandiya – Argentina 2:2 (pen – 3:4)

Lionel Messi Nauel Molinaning goliga chiroyli tarzda hammuallif bo'ldi va o'zi ham penaltidan raqib darvozasini ishg'ol etdi. Futbol lotereyasida ham argentinaliklar sardori zarbada adashmadi va o'yinning eng yaxshi deya etirof etildi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia