JCH-2018. Saralash bosqichi. Polsha va Chexiya safardan uch ochko bilan qaytishmoqda...

5 okt 2017, 23:14
2018 yilgi jahon chempionatining Yevropa mintaqasida saralash bahslari davom ettirilmoqda.

E guruhi peshqadami Polsha terma jamoasi safarda Armaniston termasini tor-mor keltirdi.

Uchrashuvda Robert Levandovski xet-trikka erishib, terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to'purar (50 ta gol) ga aylandi.

JCH-2018 - Yevropa.  E guruhi. 9- tur

Armaniston- Polsha 1:6

Gollar: 0:1 – Grosicki – 2, 0:2 – Levandovski – 18, 0:3 – Levandovski – 25, 1:3 – Ambarcumyan – 39, 1:4 – Blashhikovski – 58, 1:5 – Levandovski – 64, 1:6 – Volski – 89


S guruhida esa Chexiya termasi Ozarbayjon poyxtaxtidan uch ochko bilan ortga qaytadigan bo'ldi. An Kopic va Antonin Baraning gollariga mezbonlardan Afran Ismoilov javob qaytardi. Ushbu g'alabadan keyin chexlar guruhda ozarlardan teparoqqa joylashishdi. Ammo bu ikki terma jamoa ham JCHga chiqish yo'llanmasidan allaqachon mahrum bo'lishgan.

JCH-2018 - Yevropa. C guruhi. 9- tur

Ozarbayjon-Chexiya 1:2

Gollar: 0:1 – Kopic – 35, 1:1 – Ismailov – 55 (pen), 1:2 – Barak – 66


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia