JCH-2018. Rossiya Misrni mag'lub etdi, Cherishev to'purarlar poygasida Ronalduga yetib oldi

20 iyun 2018, 01:04
JCH-2018 “A” guruhida 2-tur o'yinlariga start berildi.

Mezbonlar Rossiya terma jamoasi 2-turda Misr termasi bilan kuch sinashib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. 

Bellashuvning birinchi bo'limida hisob ochilmagan bo'lsada, ikkinchi bo'limda muxlislar naqd to'rtta golga guvoh bo'lishdi. Cherchesov shogirdlari 15 daqiqa ichida ketma-ket uchta golni afrikliklar darvozasiga joylab qo'yishdi. Misrliklarning yagona goli esa Muhammad Saloh hisobiga yozildi. 73-daqiqada u o'ziga nisbatan ishlatilgan qo'pollikdan keyin belgilangan penaltini golga aylantirib, JCHda gollari hisobini ochdi.

Ushbu g'alabadan keyin Rossiya termasi olti ochko jamg'arib guruhda peshqadamlik qilmoqda va JCHda ishtirok etayotgan jamoalar orasida birinchi bo'lib, keyingi bosqich yo'llanmasini muddatidan oldin hal etdi.


JCH-2018

A guruhi

Rossiya – Misr 3:1

Gollar:1:0 – 47, avtogol Fatxi, 2:0 – 59 Cheryshev, 3:0 – 62 Dzyuba, 3:1 – 73, penalti Salax.

Rossiya – Akinfeev, Ignashevich, Kutepov, Fernandes, Jirkov (Kudryashov, 86), Gazinskiy, Zobnin, Golovin, Samedov, Cheryshev (Kuzyaev, 74), Dzyuba (Smolov, 79).

Egipet –El-Shenavi, Gabr, Abdel-Shafi, Fatxi, Xegazi, El-Nenni (Uarda, 64), Hamid Al-Said, Trezege (Sobxi, 68), Muhsin (Qahraba, 82), Saloh.

Ogohlantirish:Trezege (57), Smolov (84).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia