JCH-2018. Ronalduning xet-trigi ispanlarni g'alabadan mahrum qildi

16 iyun 2018, 01:04
JCH-2018 “V” guruhidan o'rin olgan ikkinchi uchrashuvda Ispaniya va Portugaliya terma jamoalari o'zaro hisob-kitob qilishdi.

Uchrashuvda ikki bor hisobda ortda borishiga qaramay ispanlar iroda kuchini ko'rsatib, uch bora raqib darvozasiga gol urib g'alaba qozonishga yaqin edilar. Ammo portugaliyaliklar yetakchisi Krishtianu Ronaldu bunga rozi bo'lmaydi. O'yin tugashiga ikki daqiqa qolganda uning jarimadan yo'llagan ajoyib zarbasi De Xea qo'riqlayotgan darvoza to'riga borib tushdi -3:3. Dramatik bahs va jangovar durang.


Portugaliya – Ispaniya 3:3 (2:1, 1:2)

Gollar: 1:0 – 4, penalti Ronaldu, 1:1 – 24 Diego Kosta, 2:1 – 44 Ronaldu, 2:2 – 55 Diego Kosta, 2:3 – 58 Nacho, 3:3 – 88 Ronaldu.

Portugaliya – Ruy Patrisiu, Pepe, Gerreyru, Soaresh, Fonte, Vilyam Karvalyu, Moutinyu, Gonsalu Gedesh (Andre Silva, 80), Bernardu Silva (Kuarejma, 69), Brunu Fernandesh (Joau Mariu, 68), Ronaldu.

Ispaniya –De Xea, Pike, Alba, Nacho, Ramos, Buskets, Koke, Isko, Silva (Vaskes, 86), Inesta (Alkantara, 70), Diego Kosta (Aspas, 77).

Ogohlantirish:Buskets (17), Brunu Fernandesh (28).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia