JCH-2018 qaysi futbolchilar uchun ketma-ket to'rtinchi mundial bo'lishini bilasizmi?!

Tolibjon Qosimov
4 iyun 2018, 20:59
Rossiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatida ishtirok etuvchi terma jamoalar yakuniy tarkiblarni e'lon qilishdi.

14 iyundan 15 iyulga qadar o'tkaziladigan mundial 12 nafar futbolchi uchun ketma-ket to'rtinchi Jahon chempionatiga aylanadi.

JCH-2018 ketma-ket to'rtinchi mundialga aylanadigan futbolchilar:

Xaver Maskerano, Lionel Messi (ikkisi - Argentina)
Pepe Reyna, Andres Inesta, Serxio Ramos (barchasi - Ispaniya)
Gilerme Ochoa, Andres Guardado, Rafael Markes (barchasi - Meksika)
Mark Milligan, Tim Kexill (ikkisi - Avstraliya)
Krishtiano Ronaldu (Portugaliya)
Valon Behrami (Shveytsariya)

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia