JCH-2018. Ispaniya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Tolibjon Qosimov
13 iyun 2018, 17:15
Biroz avval Xulen Lopetegi Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilgan edi.

Lopetegi yangi mavsumdan "Real"ga murabbiylik qiladi.

O'z navbatida, "Real" va Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi, shu kunga qadar Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi sport direktori bo'lib ishlab kelayotgan Fernando Yerro JCH-2018 vaqtida milliy terma jamoani boshqaradigan bo'ldi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar berdi.

Sobiq murabbiy 51 yoshli Lopetegi terma jamoa bilan 2020 yilgacha shartnomasi bo'lishiga qaramasdan JCH-2018 nihoyasiga etganidan so'ng "Real"ni boshqarishga rozilik berdi. Shu sabab Ispaniya futbol federatsiyasi rahbari Luis Rubiales bugun Xulenning iste'fosi haqida e'lon qilgan edi.



Mundial boshlanishiga 1 kun qolganda bosh murabbiyni almashtirgan Ispaniya Jahon chempionatining "B" guruhida Portugaliya, Eron va Marokash bilan kurash olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sefutbol.com