

Mundialga yo'llanma olgan 32ta terma jamoa oktyabr oyidagi FIFA reytingiga asosan 4ta savatchaga ajratildi. Mezbon Rossiya avtomatik ravishda birinchi savatchadan joy oldi.
Birinchi savatcha: Rossiya, Germaniya, Braziliya, Portugaliya, Argentina, Belgiya, Polsha, Fransiya
Ikkinchi savatcha: Ispaniya, Peru, Shveytsariya, Angliya, Kolumbiya, Meksika, Urugvay, Xorvatiya
Uchinchi savatcha: Daniya, Islandiya, Kosta-Rika, Shvetsiya, Tunis, Misr, Senegal, Eron
To'rtinchi savatcha: Serbiya, Nigeriya, Avstraliya, Yaponiya, Marokash, Panama, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni
Har bir guruhdan bir qitadan faqat bittadan jamoa joy oladi. Faqat Yevropa qitasi bundan mustasno. Bitta guruhda Yevropadan maksimum ikkita jamoa bo'lishi mumkin.




