Jarohatini davolayotgan Dembele 2ta sovrin qo'lga kiritdi (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
14 dek 2017, 16:15
Joriy mavsum oldidan Dortmundning "Borussiya"sidan "Barselona"ga o'tgan Usmon Dembele Bundesliga 2016-17 mavsumining eng yaxshi yangi futbolchisi deb topildi.

Shu bilan birga, Usmon Dembele Germaniya chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi sovrinini qo'lga kiritdi. 20 yoshli fransiyalik musobaqaning ramziy terma jamoasidan joy oldi. Dembele "Borussiya" tarkibida 50ta uchrashuv o'tkazib, 10ta gol urdi va 22ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com