"Jarohatdan 100 foiz tuzalishim muhim" - De Bryuyne

Sherzod Nurmatov
2 noya 2023, 11:40
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne tez orada safga qaytishini aytdi.

De Bryuyne APL 1-turi doirasidagi "Byornli"ga qarshi o'yinida jarohat olganidan so'ng jarrohlik amaliyotini o'tkazishga majbur bo'ldi.

Oldinroq De Bryuyne yangi yil arafasida qaytishi taxmin qilingandi. 32 yoshli belgiyalik tez orada anig'ini aytadi.

"Keyingi haftada muhim tekshiruv bo'ladi va davolanish qanday ketayotgani haqida ko'proq bilib olamiz. Hozircha hammasi reja bo'yicha. Hammasi juda yaxshi".

Bu jarohatdan 100 foiz tuzalishim muhim. Menda ko'plab yoriqlar bor edi. Orqa son har qanday vaqtda jarohatlanishi mumkin.

Buni mashinaga qiyoslasa bo'ladi. Men 700 ta o'yin o'tkazdim va kapital ta'mirga muhtojman", – dedi De Bryuyne.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: VTM