Jarima zarbalaridan gol urishda Messi Ronaldudan uzoqlashib ketyapti

Aslanov Jasurbek
19 fev 2023
Lionel Messi jarima zarbasidan gol urish bo'yicha Krishtiaun Ronaldudan yuqorida.

PSJ forvardi "Lill"ga qarshi bahsda jarima zarbasi orqali jamoasiga g'alabani (4:3) taqdim etdi.

Messi "Al-Nassr" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldudan 3ta golga o'zib ketdi.

Ronaldu hozirgacha jarima zarbalaridan 58ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Uning so'nggi shunday goli o'tgan yilning aprelida "Norvich" darvozasiga urilgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sports.ru