

Hamyurtimiz Ikrom Aliboev o'ynayotgan "Seul" klubi o'z maydonida peshqadam "Gvangju Sangmu"ni qabul qildi. Ikkala taymda bittadan gol urgan "Seul" 2:0 hisobida zafar quchdi. Aliboev uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushib, 66-daqiqada almashtirildi. 4ta o'yinda okolari sonini 10taga etkazib olgan "Seul" peshqadamlikni qo'lga oldi.





